«budjet defitsiti» tegli maqolalar


2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etdi
30 mart 2024, 16:01

2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etdi

2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etib, avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. O‘tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi.

Budjet taqchilligining limitini 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish haqidagi qonun ma’qullandi
20 dekabr 2023, 15:38

Budjet taqchilligining limitini 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish haqidagi qonun ma’qullandi

Senatda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizga yetdi. Bu avvalgi yillardagidan ancha ko‘p
15 sentabr 2023, 17:25

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizga yetdi. Bu avvalgi yillardagidan ancha ko‘p

Birinchi yarimyillikda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizni tashkil etdi — xarajatlar daromadlardan 26,9 trln so‘mga ko‘proq. Bu pandemiya boshlangan 2020-yil, shuningdek, 2021−2022-yillardagi ko‘rsatkichlardan ko‘p. Hukumat bu davrda biror marta budjet taqchilligi chegarasini ushlab turolmagan.

2022-yilda budjet taqchilligi asosan tashqi qarz hisobidan qoplandi
15 avgust 2023, 12:49

2022-yilda budjet taqchilligi asosan tashqi qarz hisobidan qoplandi

2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining 47 foizi xalqaro moliya institutlarining qarzlari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan, 18 foizi davlat g‘azna obligatsiyalari chiqarish hisobidan qoplandi. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 35 trln 229 mlrd so‘mga yetdi.

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp
7 avgust 2023, 10:43

Hukumat budjet defitsitini belgilangan chegarada ushlab turolmayapti. Daromadlardan koʻra xarajatlar 2,5 mlrd dollar koʻp

O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘ldi. 2023-yilda profitsit prognoz qilinganiga qaramay defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi. Bu ma’lumotlarni e’lon qilayotib Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “defitsit” so‘zini ishlatmadi.

O‘zbekistonda joriy yilgi davlat budjeti defitsiti chegarasi oshirilishi mumkin
1 avgust 2023, 15:56

O‘zbekistonda joriy yilgi davlat budjeti defitsiti chegarasi oshirilishi mumkin

Prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet defitsitini YAIMga nisbatan 3 foizdan 5 foizgacha yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa, bu davlat xarajatlarining 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi.

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov
27 iyul 2023, 20:08

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.

Narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsiti belgilangan darajadan oshmasligi muhim — MB
27 iyul 2023, 12:59

Narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsiti belgilangan darajadan oshmasligi muhim — MB

Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsitini belgilangan parametrlar darajasidan oshmasligini ta’minlash muhimligini qayd etdi. Regulyator inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foiz atrofida bo‘lishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi
9 fevral 2023, 17:15

Iqtisodiyot va moliya vazirligi yanvarning birinchi yarmidagi davlat budjeti taqchilligiga izoh berdi

Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting